Shaxmat bo'yicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o'smirlari sport maktabi, hamda "Central Chess Club" o'quvchilari o'rtasida I, II, III zaryadlari uchun o'tkazilgan musobaqa nihoyasiga yetdi.
7 turdan iborat turnir 3 guruhga bo'lingan holda tashkil etildi.
I razryad beruvchi A guruhida g'oliblikni Mirzayev Ibrohim qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Muzaffarova Mahbubaga nasib etdi. Uchinchi o'rinni esa Alimov Suhrob egalladi. Ma'lumot uchun eslatib o'tamiz, razryad talabini bajarish uchun musobaqada 5 ochko jamg'arish kifoya edi. Quyidagi turnir jadvalidan ushbu talabni bajargan shaxmatchilar ro'yxati bilan tanishib olishingiz mumkin.
B guruhida Soliyev Temur barchadan ko'p ochko jamg'argan holda musobaqada g'olib bo'ldi. Ikkinchi o'rinni Nematjonov Saidnazar egalladi. Uchinchi o'rin Dadajonov Umidga nasib etdi. Shuningdek, 5 ochko jamg'arib II razryad talabini bajargan shaxmatchilar ro'yxati bilan quyidagi turnir jadvalida tanishib olishingiz mumkin.
C guruhida barcha baxslarda g'alaba qozonib yuz foizlik natija qayd etgan Qodirov Kamron musobaqa g'olibiga aylandi. Ikkinchi o'rinni Shodiyev Amal egalladi. Uchinchi o'rin esa Usmonov Abdulazizga nasib etdi. Shuningdek, 5 ochko jamg'arib III razryad talabini bajargan shaxmatchilar ro'yxati bilan quyidagi turnir jadvalida tanishib olishingiz mumkin.