Shaxmat bo’yicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o’smirlar sport maktabi va “Central Chess Club” o’quvchilari o’rtasida I, II, III zaryadlari uchun kvalifikatsion musobaqaga start berildi.
Turnir 3 ta guruhga bo’lingan holda tashkil qilindi:
A guruhi – birinchi sport razryadi talabini bajarish uchun ikkinchi razryadga ega bo’lgan o’quvchilar o’rtasida;
B guruhi – ikkinchi razryad talabini bajarish uchun uchinchi razryadga ega bo’lgan o’quvchilar o’rtasida;
C guruhi – uchinchi sport razryadni bajarish uchun razryadga ega bo’lmagan o’quvchilar o’rtasida.
Musobaqa ochilish marosimi O’zbekiston Respublikasi madhiyasi sadosi ostida boshlandi.
Musobaqa 20-fevraldan 23-fevralga qadar davom etadi.